locale OZ

Fermin Lopes: «Qanday o‘ynashimiz kerakligini bilamiz va tez orada oʻz darajamizga qaytamiz»

«Barselona» futbolchisi «Olimpiakos»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fermin Lopes: «Qanday o‘ynashimiz kerakligini bilamiz va tez orada oʻz darajamizga qaytamiz»
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Fermin Lopes Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan «Olimpiakos»ga qarshi bahs oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

«Bu juda ogʻir oʻyin boʻladi — bu axir Chempionlar ligasi. Biz soʻnggi uchrashuvda yutqazdik («PSJ»ga qarshi), endi esa gʻalaba qozonishimiz kerak. Oldinda ikki muhim oʻyin bor — bu hafta biz uchun juda muhim. Men jamoamga qoʻlimdan kelgancha yordam beraman», — dedi Lopes.

Yosh futbolchi jamoaning hozirgi holatini ham ijobiy baholadi.

«Bu — jarayon. Balki hozircha istalgan oʻyin ritmida emasdirmiz, lekin vaqt yetarli. Biz bir jamoamiz va o‘sishga intilmoqdamiz. Qanday o'ynashimiz kerakligini bilamiz va ishonamizki, tez orada oʻz darajamizga qaytamiz», — deya qoʻshimcha qiladi futbolchi.

Eslatib oʻtamiz, «Barselona» va «Olimpiakos»ga oʻrtasidagi uchrashuv 21 oktyabr, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting