locale OZ

Fermin Lopes jarohati sabab taxminan ikki haftaga safdan chiqdi

«Barselona» yarimhimoyachisi «Chelsi»ga qarshi oʻyinni ertaroq yakunlagandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fermin Lopes jarohati sabab taxminan ikki haftaga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» matbuot xizmati klub yarimhimoyachisi Fermin Lopes jarohat olgani haqida ma’lum qildi. 22 yoshli futbolchida o‘ng oyog‘ining mushagida kichik jarohat aniqlangan.

Klub shifokorlariga ko‘ra, uning tiklanishi taxminan ikki hafta davom etadi.

Lopes 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (3:0) 62-daqiqada almashtirilgandi.

Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Fermin Lopesning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting