Fermin Lopes Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
«Barselona»ning hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopes Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ispaniyalik futbolchi YChL umumiy bosqichining 3-turida «Olimpiakos»ga qarshi oʻyinda (6:1) xet-trik qayd etgandi.
Ushbu natija orqali Lopes haftaning eng yaxshi futbolchisi uchun oʻtkazilgan ovoz berishda «Atletik« forvardi Gorka Guruseta, «PSV» vingeri Dennis Man va «Borussiya D» yarimhimoyachisi Feliks Nmechani ortda qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda YChL turnir jadvalida «PSJ» 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, «Bavariya» ham shu miqdorda ochkoga ega boʻlib, ikkinchi oʻrinda bormoqda. «Inter», «Arsenal» va «Real» esa shuncha ochko bilan keyingi oʻrinlarni egallab turishibdi.