Fenerbahche Tedeskoga ultimatum qo‘ydi
Germaniyalik mutaxassis sentabr oyida jamoani qabul qilib olgandi.
ФОТО: Getty images
"Fenerbahche" Domeniko Tedesko iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Fanatik xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis sentabr oyida Joze Mourinyoning o‘rniga jamoani qabul qilib olgandi.
Biroq Tedesko qo‘l ostida "kanareykalar" to‘rtta o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozondi. Natijada klubning yangi rahbariyati murabbiyga ultimatum qo‘ydi – uchta o‘yinda natijalar o‘nglanmasa, u iste’foga chiqadi.
Qayd etilishicha, agar Domeniko Tedesko uchala o‘yinda ham g‘alaba qozona olmasa, oktyabr oyidagi terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffusda jamoa bosh murabbiyligidan ketadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist