\"Fenerbahche\" Shkrinyarni to‘liq sotib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Fenerbahche" klubi "PSJ" himoyachisi Milan Shkrinyarning transfer huquqini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ta'kidlashicha, turk jamoasi ushbu transfer ustida jiddiy ishlamoqda. Tomonlar tez orada rasman kelishuvga erishishi kutilmoqda. Turkiya klubi futbolchining transferidan umidvor.
Mourinyo himoyachiga ishonadi va klub rahbariyatidan uni sotib olishni so‘ramoqda.
Shkrinyar o‘tgan mavsumda 23 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Klub bilan Superligada 2-o‘rinni egalladi, mamlakat kubogi chorak finaligacha yetib bordi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist