locale OZ

\"Fenerbahche\" Sanega qancha maosh taklif qilgani ma'lum

Sane maosh sabab "Bavariya"ni tark etmoqchi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Sanega qancha maosh taklif qilgani ma'lum
Photo: Getty Images

“Bavariya” vingeri Leroy Sane faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Bild.

Qayd etilishicha, unga “Fenerbahche” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Joze Mourino boshqaruvidagi klub 29 yoshli vinger uchun yiliga 15 mln yevro maosh bermoqchi. Shuningdek, qo‘shimcha bonusga ham ega bo‘ladi.

Avvalroq “Galatasaroy" ham unga taklif bilan chiqqandi. Turkiya Superligasi chempioni Sane uchun yiliga 10 mln yevro maosh taklif qilgan.

O‘z navbatida “Bavariya” ham Saneni tarkibda saqlab qolish harakatini davom ettirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting