\"Fenerbahche\" Kayl Uokerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Kayl Uokerni kelasi mavsum uchun jamoasiga olib kelmoqchi.
A Spor xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis 35 yoshli angliyalik himoyachini o‘zining o‘yin uslubiga mos tushadi deb hisoblaydi.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, murabbiy Uokerni turli pozitsiyalarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumning yarmini himoyachi “Milan”da ijarada o‘tkazdi. Biroq “rossonerilar” Kaylni sotib olmaslikka qaror qildi.
Natijada u “Manchester Siti”ni ham tark etishi kutilmoqda. “Fenerbahche” esa u uchun asosiy da’vogarga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist