Fayzullayev rossiyaliklar fikrini o'zgartirdi
Rossiyalik sport jurnalisti Aleksandr Troitskiy Abbosbek Fayzullayevning Rossiya futbolidagi ta'sirini alohida e'tirof etdi. Uning ta'kidlashicha, o'zbekistonlik futbolchi nafaqat maydonda, balki madaniy jihatdan ham muhim o'rin tutadi.
«Abbos Rossiyada o'zbek va butun Markaziy Osiyo futboliga bo'lgan munosabatni o'zgartirishga katta hissa qo'shdi. U ko'plab moskvaliklar orasida yillar davomida shakllangan stereotiplarni yo'q qila oldi. Bu juda muhim», — deb yozadi Troitskiy o'zining “Osiyo-Sport” telegram-kanalida.
Jurnalist shuningdek, Fayzullayevning inson sifatidagi fazilatlarini — samimiyligi, ochiqko'ngilligi va mehmondo'stligini alohida qayd etdi. Uning klubdoshlariga taom qilgan o'zbek palovi hamon yodda qolganini ta'kidlab, kerak bo'lsa, «u klubga o'z farzandidek qaytishi mumkin», dedi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Fayzullayevning Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. U yerda hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham to'p suradi.