Fayzullayev — “Istanbul Basaksehir”ning eng qimmat futbolchisi
Turkiya klubining umumiy qiymati 63 mln yevro bo‘lsa, uning yetakchilari ikki o‘zbekistonlik: Fayzullayev va Shomurodov
Rasm: Gazeta.uz
Turkiyaning «Istanbul Basaksehir» klubi rasmiy ravishda o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev transferi haqida e’lon berdi. U Moskvaning «CSKA» klubidan 7,5 million yevro + 2,5 million yevro bonus evaziga olib kelindi.
Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, «Istanbul Basaksehir» jamoasining umumiy transfer qiymati 63 million yevroni tashkil etadi. Eng qimmat futbolchi — Fayzullayev, uning narxi 8 million yevroga baholangan.
Shuningdek, jamoada ikkinchi eng qimmat futbolchi ham yurtdoshimiz — Eldor Shomurodov. Uning bozor qiymati 5 million yevroni tashkil etadi. Eldor ham yaqinda jamoaga qo‘shilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «CSKA» sardori va Rossiya futboli afsonasi Igor Akinfeev ham Abbosbek bilan samimiy xayrlashdi.
Bakradze Iman
Redaktor