«Abbosik, omad!» — Akinfeev osh hazili bilan Fayzullayevni kuzatdi
Rossiya futboli afsonasi Igor Akinfeev o‘z jamoadoshi Abbosbek Fayzullayevni samimiy so‘zlar bilan kuzatdi
Rasm: championat.com
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tdi. Kecha «CSKA» rasmiy ravishda futbolchining jamoani tark etganini e’lon qildi.
Jamoa sardori va Rossiya futboli afsonasi Igor Akinfeev Fayzullayev bilan xayrlashib, ijtimoiy tarmoqda quyidagi hazilomuz, bir vaqtning o‘zida samimiy so‘zlarni yozdi:
«Oshga yoqtirtirib qo‘ydim-da, uchib ketdi»
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayevning yangi klubga transferi 7,5 million yevroni tashkil etdi. U 5 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 1 million yevro maosh oladi.

Bakradze Iman
Redaktor