locale OZ

Fabio Silvaga La Liganing ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Silvaga La Liganing ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images

“Vulverxempton” hujumchisi Fabio Silva Ispaniyaning “Atletiko” klubining e’tiborini tortdi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “matraschilar” Silvani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Hozirda u “Las-Palmas” klubida ijarada o‘ynamoqda.

Shuningdek, portugaliyalik 22 yoshli hujumchiga “Vilyarreal” ham taklif tayyorlamoqda.

Joriy mavsumda Silva La Liga doirasida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting