locale OZ

Fabio Kannavaro: Ertaga qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatni amalga oshirib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz

Kongo DR va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi bahsdan avval jamoa bosh murabbiyi fikr bildirdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Fabio Kannavaro: Ertaga qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatni amalga oshirib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz
photo: UFA
Jahon chempionati (JCH-2026)
27.06.2026, 19.30
Kongo Demokratik Respublikasi
-
O‘zbekiston
-

Futbol boʻyicha jahon chempionatining 3-turidan oʻrin olgan Kongo DR va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi bahsdan avval jamoa bosh murabbiyi va sardori ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Fabio Kannavaro quyidagicha fikr bildirdi.

"Biz Jahon chempionatida juda koʻp narsani oʻrganmoqdamiz. Biz jamoa sifatida oʻsishimiz mumkin bu turnirda. Chunki yuqori darajadagi raqiblarga qarshi oʻynab keldik. Ertangi bahs ham bizni rivojlanishimizga xizmat qiladi. Men ilk kunlardanoq futbolchilarga nisbatan bosimni yoʻqotishga harakat qilganman. Qur’adan keyin ham bosimsiz oʻynash kerakligini aytdim.

Mamlakatda bolalar futboli, akademiyalar va yoshlarga alohida e’tibor beriladi. Shu sababli Oʻzbekiston ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Albatta ertaga avvalgi oʻyinlarga nisbatan erkinroq bahs boʻladi. Chunki avvalgi 2 ta turda biz juda kuchli raqiblar bilan oʻynadik. Shu sababli ertangi oʻyin biz uchun boshqacha boʻladi.

Men murabbiy sifatida oʻyin sifatini oshirishga, futbolchilarga yordam berishishga harakat qilaman. Ertaga qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatni amalga oshirib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz",-dedi mutaxassis.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting