locale OZ

Eldor Shomurodov: Asosiy maqsadimiz bizni qoʻllab turgan xalqimizni xursand qilish

MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ishtirokidagi rasmiy matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov: Asosiy maqsadimiz bizni qoʻllab turgan xalqimizni xursand qilish
photo: UFA
Jahon chempionati (JCH-2026)
27.06.2026, Yak.
Kongo Demokratik Respublikasi
3
O‘zbekiston
1

#MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ishtirokidagi rasmiy matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda #LIVE

Asosiy maqsadimiz bizni qoʻllab turgan xalqimizni xursand qilish. Birinchi golimizni urdik, endi vazifamiz birinchi gʻalabaga erishish.

Himoyani ham unutmasligimiz kerak, gol urishga intilib orqani unutamiz, degani emas. Birinchi navbatda gʻalabaga erishish muhim. Asosiy maqsad tartibli oʻyin namoyish etib, gʻalabaga erishish.

Muxlislarimiz kuch berib turdi, nafaqat stadiondagi balki Oʻzbekistondagi ishqibozlarimizning ham qoʻllab-quvvatlab turishlarini his qildik. Ularga albatta minnatdorchilik bildiramiz va ularni keyingi oʻyinda xursand qilishga harakat qilamiz",-dedi futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting