locale OZ

Estevao Holand va Mbappe erishgan noyob natijani takrorladi

Braziliyalik hujumchi «Barselona» darvozasini ishgʻol qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Estevao Holand va Mbappe erishgan noyob natijani takrorladi
FOTO: Getty Images

«Chelsi»ning 18 yoshli braziliyalik hujumchisi Estevao Villian tarixga kirdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, u 19 yosh va undan kichik futbolchilar orasida Chempionlar ligasidagi ilk uchta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushib, har safar gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.

Estevao 25–26 noyabrga o‘tar kechasi «Barselona»ga qarshi o‘yinning (3:0) 55-daqiqasida jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Bungacha u 3-turda «Ayaks»ga (1:0), 4-turda esa safarda «Qorabog‘»ga (2:2) gol urgandi. Avvalgi uchrashuvlarda u faqat zaxiradan maydonga tushgan.

Maʼlumot uchun, avvalroq bunday natijaga faqat Kilian Mbappe va Erling Holand erishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting