Erling Holand “Man. Siti”ni og'ir kunida tashlab ketmoqchi
FOTO: Getty Images
“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand mavsum oxirida jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli forvard qoniqarsiz natijalar sabab ingliz klubidan ko'ngli to'lmayapti, shu sababli u klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Qayd etilishicha, PSJ va “Bavariya” Holandning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, norvegiyalik hujumchi Angliya Kubogi chorak finalida “Bornmut”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. U joriy mavsum “shaharliklar” safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist