locale OZ

Entoni Gordon: «Murabbiyning o‘yin uslubi sabab bu yerga keldim»

Gordonning aytishicha, u "Barselona"ga kelmasidan avval ham Flikning g‘oyalari bilan tanish bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Entoni Gordon: «Murabbiyning o‘yin uslubi sabab bu yerga keldim»
photo: gettyimages

"Barselona"ning yangi futbolchisi Entoni Gordon jamoadagi dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kataloniyaliklar safiga o‘tish qarorida bosh murabbiy Xansi Flikning futbol falsafasi muhim rol o‘ynaganini aytdi.

"Mening "Barselona" futbolchisi sifatidagi birinchi haftam ajoyib o‘tdi. Yangi shahar, yangi mamlakat, yangi jamoadoshlar va murabbiylar shtabi — hammasi yangicha. Lekin barcha meni juda iliq kutib oldi", — dedi angliyalik vinger.

Gordonning aytishicha, u "Barselona"ga kelmasidan avval ham Flikning g‘oyalari bilan tanish bo‘lgan.

"Murabbiyning o‘yin uslubini avvaldan bilardim. Aynan shu sabab bu yerga kelishni istadim. Menga bunday futbol yoqadi", — dedi u.

Angliyalik futbolchi Joan Gamper kubogida "Al-Ahli"ga qarshi bahsda Spotify Camp Nouda ilk bor "Barselona" libosida maydonga tushishni intiqlik bilan kutayotganini ham ta’kidladi.

"Stadionni ko‘rish, muxlislar oldida "Barsa" libosida o‘ynash juda hayajonli. Gol urib, jamoaga g‘alaba keltirishni istayman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga esa ko‘plab gollar va sovrinlar bilan javob qaytarishga harakat qilaman", — dedi Gordon.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting