locale OZ

Enso Fernandes «Real» bilan besh yillik shartnoma imzolashga tayyor — El Debate

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enso Fernandes «Real» bilan besh yillik shartnoma imzolashga tayyor — El Debate
ФОТО: Getty images

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes unga qiziqish bildirayotgan Madridning «Real» klubi bilan besh yillik shartnoma tuzishga tayyor. Bu haqda El Debate xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Qirollik klubi»ga o‘tishni istaydi, biroq «Chelsi» tomonidan belgilangani futbolchining 138 mln yevrolik narxi bunga to‘siq bo‘lmoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 54 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifligiga erishgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting