locale OZ

Endrikning «Lion»ga ijaraga o‘tishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Braziliyalik futbolchi «Real» safini tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrikning «Lion»ga ijaraga o‘tishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

19 yoshli «Real Madrid» hujumchisi Endrikning «Lion» klubiga ijaraga berilishi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Avvalroq madridliklar braziliyalik forvardni 2026 yil iyunigacha Fransiya klubiga ijaraga berishga rozi bo‘lgani, bunda sotib olish opsiyasi ko‘zda tutilmagani xabar qilingandi. The Athletic nashrining yozishicha, futbolchining yaqinlari allaqachon Fransiyada uy qidirishni boshlagan.

Manbaning ta’kidlashicha, klublar o‘rtasidagi kelishuvda ijaraning moliyaviy shartlari va yosh futbolchi uchun muntazam o‘yin amaliyoti kafolatlari aks etadi. «Real Madrid» Endrikning maoshining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Shuningdek, shartnomaga «Lion» uchun jarima sanksiyasini nazarda tutuvchi band kiritiladi. Agar Endrik belgilangan miqdordagi uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushmasa, fransuz klubi «Real»ga ma’lum miqdorda kompensatsiya to‘lashi shart bo‘ladi. Ushbu band futbolchiga zarur o‘yin amaliyotini ta’minlash uchun qo‘shilgan.

Joriy mavsumda Endrik «Real» safida atigi bitta o‘yinda ishtirok etdi — u «Valensiya»ga qarshi bahsning (4:0) 79-daqiqasida maydonga tushirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting