locale OZ

Endrik «Real»ni tark etishi mumkin

Mavsumning ikkinchi qismini Endrik «Lion» klubida ijarada o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik «Real»ni tark etishi mumkin
photo: gettyimages

Manbaning xabar berishicha, braziliyalik iqtidor sohibi Endrik «Real» klubini tark etishi mumkin.

Qayd etilishicha, madridliklar braziliyalik hujumchi va Gonsalo Garsiya o‘rtasida tanlov qilishadi. Har ikki futbolchining ham Madridda qolishi ehtimoldan yiroq. «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Garsiyaning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishdan oldin uning o‘yinini kuzatib olmoqchi.

Mavsumning ikkinchi qismini Endrik «Lion» klubida ijarada o‘tkazdi. Hujumchi «Real» safida umumiy hisobda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting