Endrik qishki transferlar vaqtida «Real»ni tark etishi mumkin
Braziliyalik vinger oʻyin amaliyotiga ega boʻlishni istamoqda.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi oʻyin amaliyotiga ega boʻlishni istamoqda va ijara variantini koʻrib chiqmoqda.
Joriy mavsumda u hali birorta oʻyinda maydonga tushmadi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Endrikning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Maʼlumot uchun, braziliyalik vingerning «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar moʻljallangan. Endrik 2024 yilning yozida rasman «qirollik klubi» futbolchisiga aylangandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist