Endrik qishki transferlar vaqtida «Lion»ga oʻtadi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik qishki transferlar vaqtida ijara asosida «Lion»ga oʻtadi. Bu qarorni «qaymoqranglilar» rahbariyati maʼqulladi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 19 yoshli futbolchi «Lion» safida oʻzini koʻrsatishga umid qilmoqda. Endrikga «Manchester Yunayted»dan ham taklif tushgan, biroq ingliz klubi muzokaralarni kech boshlagani sababli, «Real» va «Lion» oʻrtasidagi kelishuv allaqachon yakuniy bosqichga kirgan edi.
Shuningdek, tomonlar shartnomaga «Real» futbolchini mavsum davomida chaqirib olish huquqiga ega boʻladi degan bandni kiritishgan.
Maʼlumot uchun, Endrik joriy mavsum «Real» safida hali birorta ham oʻyin oʻtkazmadi. Uning «qirollik klubi» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.