locale OZ

Endrik klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazib yuboradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazib yuboradi
Photo: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik o'ng oyog'idan jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Madridning "Real" klubi hujumchisi "Sevilya"ga (0:2) qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida jarohat oldi. Yakshanba kungi uchrashuvning 58-daqiqasida u almashtirildi.

Natijada, braziliyalik futbolchining o'ng oyog'ining son qismidan jarohat olgani aniqlandi. Qayta tiklanish taxminan ikki oy davom etishi kutilmoqda.

Shu tariqa Endrik La Ligada "Real Sosedad"ga qarshi o'ynamaydi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting