locale OZ

Emilian Karas \"Paxtakor\"da Kamoliddin Tojiyevga yordam beradi

Ukraina chempioni, "Alaniya, "Kuban", "Dinamo" (Moskva), Qatarning "Al Arabi" va BAAning "Al Nassr" jamoalarida ham yordamchi murabbiyi lavozimida ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emilian Karas "Paxtakor"da Kamoliddin Tojiyevga yordam beradi
photo: Paxtakor FK

2020 yildan Mircha Lucheskoning asosiy yordamchilaridan biri bo‘lgan mutaxassis "Dinamo" Kiyevda 2020 yildan beri faoliyat olib borib kelgan. Ukraina chempioni, "Alaniya, "Kuban", "Dinamo" (Moskva), Qatarning "Al Arabi" va BAAning "Al Nassr" jamoalarida ham yordamchi murabbiyi lavozimida ishlagan.

Moldovalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida himoyachi ampluasida to‘p tepgan va asosiy "karyerasini" o‘z mamlakatida o‘tkazgan. 1991 yil "Paxtakor" Markaziy stadionida jamoamizga qarshi maydonga chiqqan.

"O‘z paytida Sobiq Ittifoqning, bugungi kunda Osiyoda o‘z o‘rniga ega O‘bekistonning eng zo‘r jamoasida faoliyat olib borish men uchun zavqli bo‘ladi. Bosh murabbiyga qo‘ldan kelgancha yordam beraman. Niyatim, jamoamga nafim tekkan holda mamlakati chempionligini qo‘lga kiritish", - deydi Emilian Karas.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting