Eldor Shomurodov yangi jamoadoshlari uchun “Xayolim senda” qo‘shig‘ini ijro etdi
O‘zbekiston terma jamoasi to‘purari Turkiyada madaniyatimizni targ‘ib etishda davom etmoqda
Rasm: Championat Asia
Mashhur o‘zbek futbolchisi Eldor Shomurodov yangi jamoasi — “Istanbul Bashakshehir”da nafaqat o‘yini, balki ijodiy chiqishi bilan ham diqqat markazida bo‘ldi. Yaqinda u jamoadoshlari oldida o‘zbek estrada sahnasidagi mashhur qo‘shiq — “Xayolim senda”ni ijro etdi.
Bu kabi samimiy lahzalar Shomurodovning yangi jamoaga moslashuvi jarayonida ijobiy rol o‘ynamoqda. U o‘z vatani madaniyatidan bir bo‘lakni ulashgan holda jamoa ichida do‘stona muhit yaratishga hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yaqinda Italiyaning “Roma” klubidan ketib, Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga o‘tgandi. U shartnoma asosida ijarada o‘ynamoqda, kelishuvda to‘liq transfer qilish imkoni ham mavjud.
Bakradze Iman
Redaktor