Ektor Fort «Barselona»ni tark etadi
Photo: Getty Images
“Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort tez orada klubni tark etadi.
Sport nashrida aytilishicha, 19 yoshli futbolchi 16 avgust kuni bo'lib o'tadigan La Liga 1-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladi.
Aynan shu o'yindan so'ng ijaraga asosida boshqa klubga yo'l oladi.
Futbolchida bir nechta takliflar bor – yaqin kunlarda ulardan birini qabul qiladi.
Yosh ispaniyalik "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida jami 30 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Bahrom Bobonov
Redaktor