locale OZ

Eder Sarabiya — La Ligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi

Sarabiya qo‘l ostida “Elche” sentabrda 4 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eder Sarabiya — La Ligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi
ФОТО: Getty images

Ispaniya chempionatida sentabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy aniqlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, “Elche” bosh murabbiyi Eder Sarabiya La Ligada o‘tgan oyning eng yaxshisi deb topildi.

U ushbu sovrin uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Dieter Flick va “Real” ustozi Xabi Alonso’ni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Sarabiya qo‘l ostida “Elche” sentabrda 4 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting