locale OZ

Dunyoning eng qimmat klublari e’lon qilindi

“Real Madrid” jamoasi ketma-ket beshinchi marta jahondagi eng qimmat futbol klubi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dunyoning eng qimmat klublari e’lon qilindi
ФОТО: Getty images

Forbes jurnali dunyodagi eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi. Unda Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi ketma-ket beshinchi marta jahondagi eng qimmat futbol klubi deb topildi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda. Bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkich – 6,75 milliard dollardan 41 foizga yuqori.

“Barselona” (7,5 milliard dollar) va “Manchester United” (7,2 milliard dollar) ham kuchli uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, eng qimmat o‘nta klub qatoriga “Liverpool” (6,2 milliard dollar), PSJ (5,8 milliard dollar), “Bavariya” (5,7 milliard dollar), “Manchester City” (5,5 milliard dollar), “Arsenal” (5,4 milliard dollar), “Chelsea” (4,2 milliard dollar) va “Tottenham” (3 milliard dollar) kirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting