Dryu Fernandes «West Ham»ga o'tishi mumkin
Yarim himoyachining "Barselona" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Barselona" yarim himoyachisi Dryu Fernandes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alan Nixon xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Fernandesning xizmatlariga "West Ham" katta qiziqish bildirmoqda. London klubi iqtidorli futbolchini o'z safiga qo'shib olishni jiddiy maqsad qilgan.
Kataloniyaliklar tarkibida Dryu Fernandes ikki o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Yarim himoyachining "Barselona" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist