locale OZ

Diyor Xolmatov - \"Navbahor\" futbolchisi

Lochinlar klubi yana bir futbolchini limitdan tashqari Ligada ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diyor Xolmatov - "Navbahor" futbolchisi
photo: Navbahor FK

Namanganning Navbahor klubi yana bir futbolchini limitdan tashqari Ligada ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurdi.

"Diyor Xolmatov 2002-yil 22-iyul Fargʻonada tugʻilgan. Diyor taniqli sobiq) futbolchi Akmal Xolmatovning farzandi.

Iste'dodli yarim himoyachi faoliyati davomida "Paxtakor" jamoasi safida to'p surgan (2020-2025). Undan tashqari, O'zbekiston U-21 (2021), O'zbekiston U-23 (2021-2024), O'zbekiston milliy terma jamoalari sharafini ham munosib himoya qilgan.

Diyor Xolmatovga jamoamiz safida munosib o'yin ko'rsatib jamoamizning ko'p ming sonli muxlislari qalbidan joy olishi va yuqori natijalarni qayd etishiga tilakdoshmiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting