Diomandening mehnatsevarligidan Mourino mamnun
«Real»ning yangi xaridi Yan Diomande mashg‘ulotlarda ajoyib harakat qilmoqda.
photo: gettyimages
«Real»ning yangi xaridi Yan Diomande mashg‘ulotlarda ajoyib harakat qilmoqda. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ivuarlik futbolchi o‘zining o‘yin qobiliyati bilan jamoadoshlarida katta taassurot qoldirgan. Shuningdek, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourino ham vingerning mehnatsevarligidan juda mamnun.
Eslatib o‘tamiz, Yan Diomandening «Leypsig»dan «Real»ga o‘tishi Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. «Real» 19 yoshli futbolchi uchun (bonuslarni hisobga olgan holda) 140 million yevro to‘ladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor