locale OZ

Din Heysen «Real»da muxlislar bosimiga uchramoqda — The Athletic

20 yoshli futbolchi undan kutilgan barqaror oʻyinni namoyish eta olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Din Heysen «Real»da muxlislar bosimiga uchramoqda — The Athletic
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Din Heysen jismoniy charchoq va muxlislar bosimi sabab muammolarga duch kelmoqda. The Athletic xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi dam olish yetishmasligidan eng ko‘p zarar ko‘rgan «qirollik klubi» o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.

«Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (2:0) Heysen muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan kutib olindi. Uchrashuv davomida himoyachi e’tiborini yo‘qotib qo‘ydi va bu holat raqibning gol urishiga oz qolishiga sabab bo‘ldi.

«Bornmut»dan 50 mln yevro evaziga transfer qilinganidan beri Heysen undan kutilgan barqaror o‘yinni namoyish eta olmadi. Bundan tashqari, u uch marta mushak jarohatini oldi va bu uning vaziyatini yanada murakkablashtirdi. Futbolchiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, muxlislar uning qanchalik charchaganini to‘liq anglamasligi mumkin, zero 2025 yil davomida u klub va Ispaniya terma jamoasi safida jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

O‘yinchi atrofidagilar fikricha, Heysenga jismoniy holatini tiklash va ruhiy jihatdan «qayta yuklanish» uchun vaqt zarur.

Din Heysen 2025 yil may oyida Angliyaning «Bornmut» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. 20 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2030 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting