locale OZ

Dilshodjon Komilov – “Navbahor” futbolchisi!

“Nasaf” tarkibida 2024 yili O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan, yakunlangan mavsumda esa “Qizilqum” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1758 daqiqa o‘ynab, 1 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshodjon Komilov – “Navbahor” futbolchisi!
photo: Navbahor FK

Mahoratli himoyachi Dilshodjon Komilov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

"Dilshodjon Komilov - 1999 yil, 16 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida “Lokomotiv” (Toshkent, 2019 – 2022 yillar, 2024 yilning 1-davrasi), “Andijon” (Andijon, 2023 yil), “Nasaf” (Qarshi, 2024 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2025 yil) jamoalari, shuningdek, O‘zbekiston-U-23, O‘zbekiston milliy terma jamoalarida ўйнаган.

“Nasaf” tarkibida 2024 yili O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan, yakunlangan mavsumda esa “Qizilqum” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1758 daqiqa o‘ynab, 1 ta gol urgan.
Dilshodjon Komilovning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz",-deb yoziladi klubning rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting