locale OZ

Dilshod Komilovga «Qizilqum» o‘rinbosarlar jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashishiga ruxsat berildi

Futbolchi va jamoa ustozi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshod Komilovga "Qizilqum" o‘rinbosarlar jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashishiga ruxsat berildi
Фото: Қизилқум

Xabaringiz bor, Superliganing 21-tur uchrashuvida jamoamiz bosh murabbiyi Akmal Rustamov hamda himoyachi Dilshod Komilov o‘rtasida kutilmagan holat yuz bergandi. Shundan so‘ng klub rahbariyati futbolchi bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilgan edi.

Kuni kecha jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi yig‘ilish o‘tkazib, futbolchiga "Qizilqum" yoshlar jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarda qatnashish uchun ruxsat berdi.

Bundan tashqari, Dilshod Komilov klub bazasiga tashrif buyurib, o‘sha holat yuzasidan tushuntirish berdi:

- Avvalo assalomu alaykum. Men, Dilshod Komilov, ayni paytda "Qizilqum" jamoasi bazasidaman va men bilan bo‘lgan voqea bo‘yicha ma’lumot bermoqchiman. Superliga 21-turi doirasida "Qo‘qon-1912"ga qarshi bellashuvning 60-daqiqasida meni bosh murabbiy Akmal Rustamov zaxiraga olmoqchi bo‘ldilar. Ammo men bu qarorni to‘liq tushunmaganligim sababli, jamoaga uchrashuvda to‘liq yordam berish maqsadida maydonni tark etmadim. Shundan keyin bu holat muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

- Ushbu qarorim uchun men "Qizilqum" jamoasi rahbariyati va muxlislaridan, qolaversa, klub bosh murabbiyi Akmal Rustamovdan uzr so‘rayman. Tushunmovchilik va vaziyatga noprofessional tarzda yondashganim rost. Ayni paytda klub rahbariyati va bosh murabbiy bilan kelishib oldim va hozirda hammasi yaxshi. Men mavsum oxirigacha "Qizilqum" jamoasining sharafini himoya qilishga tayyorman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting