Dembele Mbappe haqida: «U «Oltin toʻp»ga loyiq»
«PSJ» hujumchisi «Real» yulduzi haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Usmon Dembele «Real» yulduzi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
«Uni oʻz faoliyatini inobatga olsak, «Oltin toʻp»ga loyiq. Mbappe mavsumni juda yaxshi boshladi, gol urishda ham davom etmoqda.
U mening doʻstim. Umid qilamanki, Mbappe shunday ruhda davom etadi va bir kun bu sharafli mukofotni qoʻlga kiritadi», — dedi Dembele.
Maʼlumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiya milliy jamoasi safida esa 3 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta golga mualliflik qildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist