locale OZ

Debyutdayoq turning eng chiroyli goli!

O‘zbekiston Superligasi 15-turining eng chiroyli goli muallifi deb «Mash’al» himoyachisi Azizbek Choriyev e’tirof etildi.
Debyutdayoq turning eng chiroyli goli!
photo: Mash'al fk

Debyutdayoq turning eng chiroyli goli!

O‘zbekiston Superligasi 15-turining eng chiroyli goli muallifi deb «Mash’al» himoyachisi Azizbek Choriyev e’tirof etildi. Yosh futbolchi o‘zining Superligadagi debyut uchrashuvidayoq muxlislar yodida qoladigan golga mualliflik qildi.

20 yoshli Azizbek Choriyev «So‘g‘diyona» darvozasini taxminan 45 metr uzoqlikdan aniq nishonga olib, nafaqat jamoasining yagona golini urdi, balki turning eng chiroyli goli sohibi ham bo‘ldi.

Bu gol «Mash’al» akademiyasida tarbiya topgan yosh futbolchilarning salohiyati va klubda olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Akademiya tarbiyalanuvchisining debyut o‘yinidayoq bunday natija qayd etishi kelajak uchun katta umid uyg‘otadi.

Azizbek Choriyevni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va unga «Mash’al» safida yanada ko‘plab chiroyli gollar hamda yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting