locale OZ

De Yongning tovon puli qanchaga yetdi?

28 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2029 yilgacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Yongning tovon puli qanchaga yetdi?
ФОТО: Getty images

Kuni kecha Frenki De Yong "Barselona" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi.

Yangi bitimga ko'ra, futbolchining tovon puli miqdori – 500 million yevroni tashkil etadi.

28 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2029 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq, futbolchining tovon puli 400 million yevroni tashkil etgan. Keyinchalik miqdor 500 million yevroga yetkazilgan.

Frenki de Yong 2019 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Niderlandiyalik xavbek kataloniyaliklar tarkibida ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting