locale OZ

De Yong chorshanba kuni «Barselona» bilan yangi bitim imzolaydi

28 yoshli futbolchining tovon puli 500 million yevrogacha oshadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Де Йонг чоршанба куни «Барселона» билан янги битим имзолайди
ФОТО: Getty images

Niderlandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yong terma jamoadan qaytgach, shu chorshanba kuni "Barselona" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytiradi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchining tovon puli 500 million yevrogacha oshadi.

Eslatib o'tamiz, Frenki de Yong 2019 yilda "Ayaks"dan 85 million yevro evaziga “Barselona” safiga ko'chib o'tgan edi. “Blaugrana”lar safida shu kungacha 267 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda sakkizta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting