locale OZ

De Yong «Barselona»ni tark etishi mumkin

Futbolchiga «Yuventus» qiziqmoqda.
De Yong «Barselona»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong joriy yozda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi atrofidagi vaziyat uning tizzasidan olgan jarohati sabab yana murakkablashgan.

29 yoshli yarim himoyachiga «Yuventus» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Barselona» De Yongni mavsum oxirigacha keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish variantini ham ko'rib chiqishi mumkin.

O'tgan mavsumda De Yong barcha musobaqalar doirasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting