De Ligtning qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
«Manchester Yunayted» rasmiy saytida jarohat olgan markaziy himoyachi Matteys de Ligtning holati boʻyicha yangi maʼlumotni eʼlon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Matteys de Ligt umurtqasida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Tiklanish jarayonidagi sinchkovlik bilan olib borilgan ishlardan soʻng, jarrohlik amaliyoti eng toʻgʻri qaror deb topildi.
Endilikda De Ligt tiklanishning yangi bosqichini boshlaydi va uning safga qaytishi 2026/2027 yilgi mavsum boshiga kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda klub safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga ulgurgan edi. Hozirda «Manchester Yunayted» 65 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.