De Bruyne tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga uchib ketdi
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bruyne “Napoli”ga o'tishdan avval tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga uchib ketdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi bo'lgan samolyot bugun Rim shahriga qo'ngan. Keyinroq 33 yoshli yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Avvalroq OAV'da De Bruyne “Napoli” bilan yiliga 5 million yevrolik maosh bilan ikki yilga mo'ljallangan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, De Bruyne o'tgan mavsum “Manchester Siti” safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.