locale OZ

De Bruyne “Man. Siti”ni tark etganidan so’ng faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo’ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne “Man. Siti”ni tark etganidan so’ng faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo’ldi
FOTO: The Canadian Press

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne mavsum oxirida “shaharliklar” safini tark etishini e'lon qildi. Hozirda belgiyalik futbolchiga Saudiyaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.

Give me Sport nashrining xabariga ko'ra, De Bruyneni ikkinchi divizionda harakat qiluvchi “Al-Qodisiya” va “Neom” klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, unga Yevropadan ham takliflar bor.

Bundan tashqari, Kevinga Amerikaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi Saudiya chempionatiga o'tishdan ko'ra, MLS variantini afzal ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 27 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting