locale OZ

De Bruyne Lionel Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin - ESPN

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne Lionel Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin - ESPN
FОТО: ESPN

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Inter Mayami” belgiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Devid Bekxem jamoasi Kevinni “kashfiyotlar ro'yxati”ga kiritgan.

MLS qoidalariga ko'ra, klublar istalgan vaqtda o'zlarining “kashfiyotlar ro'yxati”ga beshtagacha futbolchini qo'shishlari mumkin.

O'yinchini ro'yxatga qo'shish orqali u jamoa liganing boshqa klublari bilan raqobatlashmasdan avval muzokaralarni boshlash uchun eksklyuziv huquqqa ega bo'ladi.

Ma'lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 27 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting