locale OZ

De Bruyne faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bruynega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Fenerbaxche” De Bruynega “Napoli”dan ko'ra yaxshiroq taklif yuborgan. Endilikda futbolchi faoliyatini Joze Mourinyo jamoasida davom ettirishni o'ylab ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, yarim himoyachining kelajagi yaqin soatlar ichida hal bo'ladi.

Ma'lumot uchun, De Bruynening “Manchester Siti” bilan shartnomasi 30-iyunda yakuniga yetadi. U o'tgan mavsum klub safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting