locale OZ

De Bruyne faoliyatini Saudiyaning ikkinchi divizionida davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne faoliyatini Saudiyaning ikkinchi divizionida davom ettirishi mumkin
FOTO: beIN SPORTS

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Neom” klubi belgiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu jamoa Saudiya Arabistonining ikkinchi divizionida o'ynaydi. Hozirda tomonlar ushbu transfer yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, De Bruynening “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 27 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting