De Bruyne faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Amerikaning “Chikago Fayr” klubi “Manchester Siti”ning 33 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bruyne uchun kurashda favoritlik qilmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, MLS klubi belgiyalik futbolchi bilan muzokaralar o'tkazish uchun ustuvor huquqlarga ega. Ta'kidlanishicha, De Bruyne Saudiya chempionatidan ko'ra MLS'ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning aprel oyida 33 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach “Manchester Siti”ni tark etishini e'lon qilgandi. Hozirda unga “Chikago Fayr”dan tashqari “Nyu-York Siti” va “D.C.Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist