De Bruyne faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida fikr bildirdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi. 33 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach, “shaharliklar” safini tark etadi.
“Men nima bo'lishidan qat'iy nazar futbol o'ynashda davom etishni xohlayman. Bilaman, siz qayerga borishimni bilmoqchisiz, lekin qaror meniki bo'ladi. Buni men bilganimda so'ng bo'lib olasiz.
Boshqa ingliz klublari rejalarini bilmayman. Hammasi qanday taklif kelishiga bog'liq. Mening oilam, bolalarim bor. Hammaga ma'qul keladigan qaror qabul qilishim kerak.
20 yoshimda hamma narsa faqat menga bog'liq edi, men juda oson qaror qabul qilardim. Ammo endi bu biroz murakkabroq”, - deydi De Bruyne.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da belgiyalik futbolchiga “Liverpul” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.