De Bruyne “Etihad”dagi xayrlashuv marosimi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
20.05.2025, Yak.
Manchester Siti
3
Bornmut
1
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne klub safidagi so'nggi uy uchrashuvidagi xayrlashuv marosimi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premyer-ligasining 37-turidan o'rin olgan bahsda “Manchester Siti” o'z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu belgiyalik futbolchining “shaharliklar” safidagi so'nggi uy uchrashuvi edi.
“Men bundan yaxshi xayrlashishni so'ramagan bo'lardim. Oila sifatida aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa: Rahmat!”, - deb yozdi De Bruyne o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.
Ma'lumot uchun, De Bruyne 2015-yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u 6 karra Angliya chempioniga aylandi va bir marta Chempionlar Ligasida zafar quchdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist