Darvin Nunyes «Barselona»ning transfer maqsadiga aylanishi mumkin — MD
«Barselona» va «Al-Hilol» o‘rtasida himoyachi Joau Kanseluni sotib olish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida hujumchi Darvin Nunyesning nomi tilga olingan. Hozircha ko‘k-anorranglilar «Liverpul»ning sobiq hujumchisi bo‘yicha taklif bilan chiqqanmi yoki uning nomzodini Saudiya klubi taklif qilganmi, noma'lum. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Barselona»ning asosiy maqsadi Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda, biroq klub zaxira hujumchisini sotib olish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Nunyes qishda Karim Benzemaning «Al-Hilol»ga o‘tishidan so‘ng Saudiya Pro-ligasida o‘ynash huquqidan mahrum bo‘lgandi. Urugvaylik futbolchi jamoa safida jami 24 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.