Darvin Nunes – «Al-Hilol» futbolchisi
Photo: Getty Images
"Al-Hilol" matbuot xizmati "Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes transferini e'lon qildi.
Transfer qiymati 53 million yevroni tashkil etdi. Futbolchi bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzolandi.
Avvalroq futbolchiga “Napoli” jamoasi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, Nunes o'tgan mavsum APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor