locale OZ

CSKA Fayzullayevni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti

“Istanbul Bashakshehir” o‘zbek futbolchisi uchun 7,5 million yevro taklif qildi, ammo rossiyaliklar rozi bo‘lmayapti
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskva CSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning jamoadan ketishi ehtimoli haqiqatga yaqinlashmoqda. “Birinchi sport” telegram-kanali tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi 21 yoshli futbolchini xarid qilish niyatida va uning uchun 7,5 million yevro taklif qilgan. Bu summaga ehtimoliy bonuslar kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, Fayzullayev 2023 yil avgust oyida Toshkentning “Paxtakor” klubidan CSKAga 500 ming yevro evaziga o‘tgan edi. Agar mazkur kelishuv amalga oshsa, rossiyaliklar futbolchi uchun sarflagan mablag‘ni 14 barobar oshirib, taxminan 7 million yevro foyda ko‘radi. Shu sababli, CSKA klubi hozircha uning ketishiga rozilik bermayapti.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting